Ob-havo

Meeting at the ASEAN Secretariat
Jakarta, 13 February 2009
Meeting at the Parliament of Indonesia
Jakarta, 13 February 2009
Meeting at the MFA of Indonesia
Jakarta, 13 February 2009
Deputy Minister of Uzbekistan met with Minister of Foreign Affairs of Indonesia
Jakarta, 11 March 2014
 

We Recommend

 
- Available In : EN | RU | UZ | IN

O‘zbekiston Prezidenti XXII qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etdi

10.02.2014

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 7-fevral kuni Sochi shahrida o‘tayotgan XXII qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Ushbu Olimpiya o‘yinlarida saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan sportchilarimiz Kseniya Grigoreva va Artyom Voronov tog‘ chang‘isi, Misha Ge figurali uchish musobaqalarida ishtirok etadi. 5-fevral kuni Olimpiya shaharchasida terma jamoamiz sharafiga O‘zbekiston Davlat bayrog‘i tantanali ravishda ko‘tarildi.

XXII qishki Olimpiada mustaqil O‘zbekiston terma jamoasi qatnashayotgan oltinchi shunday musobaqadir. Mamlakatimiz sportchilari mustaqil jamoa sifatida ishtirok etgan ilk Olimpiada – 1994-yilda Norvegiyaning Lillexammer shahrida o‘tgan XVII qishki Olimpiya o‘yinlarida fristayl bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritib, ulkan muvaffaqiyatga erishgan edi.

O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston sportchilari Olimpiya o‘yinlarida 6 oltin, 5 kumush va 11 bronza, Osiyo o‘yinlarida 54 oltin, 76 kumush va 93 bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bunday natijalar O‘zbekiston sportga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilayotgan va jadal rivojlanayotgan mamlakatlar orasida tobora mustahkam o‘rin egallayotganidan dalolat beradi.

Bugungi kunda sport yoshlarimiz hayotida tobora muhim o‘rin egallab bormoqda. Davlatimiz rahbari, O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashi Raisi Islom Karimov ta’kidlaganidek, mamlakatimizda 2 millionga yaqin bola sportning 30 dan ziyod turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Olimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoalarimiz 2 mingga yaqin sportchi shug‘ullanayotgan oliy sport mahorati maktablarida shakllantirilmoqda.

Sochi shahrida o‘tayotgan XXII qishki Olimpiya o‘yinlarida 90 ga yaqin mamlakatdan 5 ming 500 dan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

Ushbu Olimpiya o‘yinlari uchun maxsus qurilgan «Fisht» stadionida 7-fevral kuni jahonning yetakchi mamlakatlari rahbarlari ishtirokida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Olimpiada mash’alasining yoqilishi marosimning eng hayajonli damlari bo‘ldi.



 We Recommend

 

Copyright © 2009 All Rights Reserved Embassy of the Republic of Uzbekistan
All Rights Reserved - Developed By : Leoniko