Ob-havo

Meeting at the ASEAN Secretariat
Jakarta, 13 February 2009
Meeting at the Parliament of Indonesia
Jakarta, 13 February 2009
Meeting at the MFA of Indonesia
Jakarta, 13 February 2009
Deputy Minister of Uzbekistan met with Minister of Foreign Affairs of Indonesia
Jakarta, 11 March 2014
 

We Recommend

 
- Available In : EN | RU | UZ | IN

Koreya delegatsiyasi "Angren" Maxsus industrial hududda yaratilgan qulayliklar bilan tanishishdi

03.03.2014

Mamlakatimizda  50 ga yaqin ishbilarmonlardan iborat Koreya  biznes delegatsiyasi mehmon bo'lib turibdi. Koreyalik  ishbilarmonlarga  respublikamizda yaratilgan investitsion muhit,  xorijlik sarmoyadorlar uchun berilayotgan imtiyoz va kafolatlar haqida batafsil ma'lumot  berish ushbu tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad hisoblanadi.  Delegatsiyaga  Koreya xalqaro savdo assotsiatsiyasi raisi o'rinbosari An Xyunxo  rahbarlik qilmoqda.  Tashrif doirasida bugun koreyalik  ishbilarmon doira vakillari   "Angren" MIH ga tashrif buyurishdi.

Mehmonlar  dastlab,   "Angren shakar" XK faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.  Mazkur korxonaning qurilishi  2013 yilda  boshlangan edi. Ayni paytda zavodda qurilish-montaj ishlari tamomlanib,  ishlab chiqarish, qadoqlash va qop tikish sexlari  ishga tushirilish arafasida turibdi.  100 foizlik Singapur investitsiyasi asosida barpo etilgan korxona bir  sutkada 1000 tonna shakar ishlab chiqarish quvvatiga ega.

-Shu paytgacha  "Xorazm shakar" korxonasi ichki bozorda shakarga bo'lgan ehtiyojning 60 foizini   ta'minlab kelayotgan edi, - deydi  "Angren shakar" XK rahbari  Aleksey Madkarimov. -  Mazkur zavodning ishga tushirilishi bilan  shakarga bo'lgan talab 100 foizga qondiriladi.  Mahsulotning 50 foizini mahalliy bozorga, qolganini esa eksportga yo'naltirish rejalashtirilmoqda.

Zavod faoliyati to'liq avtomatlashtirildi  va    uskunalar asosan  Germaniyadan  keltirildi.

-Ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalar tadbiq etilgan.  Xususan, ishlab chiqarish sexiga xom ashyo yerosti texnologiyalari orqali yetkazib beriladi, - deya  qo'shimcha qildi  korxona rahbari   Aleksey Madkarimov.  - Bu mahsulotning ekologik tozaligini ta'minlab, harajatlarni kamaytiradi.

Loyiha qiymati 110 mln. AQSH dollariga teng zavod shu yilning iyun oyida ishga tushiriladi va bu bilan 400 kishi ish bilan ta'minlanadi.

Tashrif doirasida  mehmonlar "Angren quvur zavodi" unitar korxonasi , Angren xalqaro logistika markazi, "EGL- NUR" qo'shma korxonasi , Angren kremniy zavodi faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.   Shuningdek,     "Angren"MIH da  investorlarga berilgan soliq va boj imtiyozlari hamda biznes kafolatlar xususida  taqdimot o'tkazildi. Bu haqida keyinroq  batafsil ma'lumot beramiz.  

Eslatib o'tamiz,  27 fevral kuni  Toshkentda  O'zbek-Koreya biznes forumi va ikki davlat ishbilarmonlari o'rtasida  kooperatsion birja o'tkaziladi.


 We Recommend

 

Copyright © 2009 All Rights Reserved Embassy of the Republic of Uzbekistan
All Rights Reserved - Developed By : Leoniko